Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:08

Tojikistonda sel va ko‘chki oqibatida uch kishi nobud bo‘ldi


Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi fotosi
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi fotosi

Tojikistonning tog‘li hududlarida kuzatilgan shiddatli jala ortidan ko‘chki tushishi natijasida uch kishi nobud bo‘ldi, ko‘plab uylar, yo‘llar va ko‘priklarga shikast yetdi, ekinzorlar payhon bo‘ldi.

Ozodlikning tojik xizmati xabariga ko‘ra, 5-mayga o‘tar kechasi Varzob tumanida sel kuzatilgan. “40 va 67 yoshli ikki ayol halok bo‘ldi”, deyilgan Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining 6-may kungi xabarnomasida.

Qo‘mita qaydicha, 5-may oqshomida So‘g‘d viloyatidagi Bodomzor qishlog‘idagi yaylovda chorva hayvonlarini boqib yurgan 20 yoshli ayolni sel oqizib ketgan. “Yosh ayolning jasadi FVQning Istaravshan bo‘limi xodimlari tomonidan topilgan va tegishli idoralarga topshirilgan”, deyilgan xabarnomada.

So‘nggi ikki kun ichida Tojikistonning So‘g‘d, Xatlon viloyatlari, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati va Dushanbe atrofidagi tumanlarda sel hodisasi qayd etilgan.

Tojikiston FVQ fotosi
Tojikiston FVQ fotosi

Sangvor tumanida yashovchi tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Ozodlikning tojik xizmatiga yo‘llangan videolarda loy uyumi odamlarning uylarini bosib qolganini ko‘rish mumkin.

FVQ ma’lumotiga ko‘ra, Nurobod-Sangvor-Darvoz-Sari Jar avtoyo‘lidagi ko‘prik vayron bo‘lgan, shuningdek, yo‘llarga shikast yetgan, odamlarning tomorqalari va ekin maydonlari suv ostida qolgan.

XS
SM
MD
LG