Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:11

Tomchilamayotgan sug‘orish tizimi: Klasterlar "milliardlab subsidiyalarni o‘zlashtirgan"


Tomchilatib sug‘orish. O‘zbekiston
Tomchilatib sug‘orish. O‘zbekiston

Shu yilning 26- iyul kuni DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan 22008-22-58-sonli jinoyat ishi doirasida "Termiz Jayxun Klasster" MChJ direktori A. H. hibsga olindi. U 28-iyuldagi JIB Termiz shahar sudi ajrimi bilan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat asosida hibsdan ozod qilingan.

Ozodlikning Surxondaryo viloyat hokimligi Qishloq xo‘jalik boshqarmasidagi manbasiga ko‘ra, DXXning viloyat boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruvlar ortidan tadbirkorga nisbatan Qumg‘o‘rg‘on tumanida davlat tomonidan tomchilatib sug‘orish uchun ajratilgan 40 milliard so‘mlik davlat subsidiyalarini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Ozodlik ixtiyorida mavjud (Ozodlik tergov jarayoni borayotgani bois hozircha bu hujjat nusxalarini e’lon qilmayapti-tahr.) jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, “Termiz-Jayhun klasteri” MChJ Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bergan hisobotlarida Qumqo‘rg‘on tumanidagi 207 ta fermer xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilganligi, subsidiya mablag‘lari bajarish to‘la amalga oshirilganini ta’kidlaydi.

Biroq tekshiruvlar jarayoni tumanda bir gektar ham tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinmagani aniqlangan.

Ozodlik bog‘langan “Termiz-Jayhun klasteri” MChJ direktorining yaqinlaridan biri subsidiya mablag‘larini direktorning "bir o‘zi yeb yubormagani"ni aytdi.

Qalloblik qanday fosh bo‘ldi?

2022-yilning 20-mart kuni Surxondaryo viloyati hokimning tegishli qaroriga muvofiq, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Termiz-Jayhun klasteri” MChJga qarashli 207 ta fermer xo‘jaliklari hududi paxta yetishtirish uchun “Dream Cotton Textile” MChJga beriladi.

Fermer xo‘jaliklari va ikkala klaster tomonidan tuzilgan uch taraflama shartnomaga ko‘ra, “Dream Cotton Textile” ish boshlashidan avval “Termiz-Jayhun klasteri” MChJning yil boshidan beri qilgan xarajatlarini tegishli tartibda qoplab berishi lozim edi.

“Termiz-Jayhun klassteri” MChJ xarajatlar smetasida 32,9 millard so‘mlik mablag‘lar sarflanganini ko‘rsatadi. Shuningdek, tomchilatib sug‘orish uchun ajratilgan 40 milliard so‘mlik foizsiz subsidiyalar amalga oshirilganini bildiradi.

“Dream Cotton Textile” mazkur mablag‘ning tomchilatib sug‘orish uchun olingan subsidiyaga oid 40 milliard so‘mini qaytarishni rad qiladi. Boisi, tergov materiallaridan anglashilishicha, amalda bir gektar maydonga ham tomchilatib sug‘orish texnologiyalari o‘rnatilmagan edi.

"Ma’muriy bosim"

Ozodlik manbasining bildirishicha, 2022-yilning 21-iyul kuni Termizga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurgan. Guruh yangi klasterga “Termiz-Jayhun klasteri” MChJning amalda yo‘q texnologiya uchun sarflangan qarzlarni bo‘yniga olishni talab qilgan.

Ishchi guruh majlisida ishtirok etgan manba O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishanbayev “Dream Cotton Textile” agronomi Elmurod Ishniyozovni "haqorat qilgani" va unga "tan jarohati" yetkazganini aytdi. Ozodlik ixtiyorida Nishanbayev shu kunning o‘zida shifoxonaga murojaat qilganini tasdiqlovchi hujjat bor. Ammo Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Ishniyozov o‘zining IIV mulozimi tomonidan do‘pposlanishi yuzasidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilmagan.

Elmurod Ishniyozovning Ozodlik ixtiyoridagi huquqni muhofaza qilish organlari va Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga yozgan arizasida klaster soxta tomchilatib sug‘orish inshootlarini qabul qilib olishga majburlangani aytiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev dalada.
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev dalada.

Xo‘roz boshqa tumanlarda ham birdek qichqirmoqda

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatida olib borilgan tekshirishlar jarayonida Sho‘rchi tumanida ham tomchilatib sug‘orish texnologiyalariga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari aniqlangan.

Tumandagi “Indenim” klassteri orqali amalga oshirilgan soxta “sug‘orish tizimi”da aniqlangan talon-torojliklar bo‘yicha hozirda 6 milliard so‘mlik zararlar ixtiyoriy ravishda qoplangan va zararning boshqa qismi bo‘yicha tergov harakatlari bormoqda.

Viloyatning Jarqo‘rg‘on tumanidagi talon-torojliklar ko‘rsatkichi 44 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Dastlabki tekshiruvlar davrida tumandagi klasterlar tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirgan soxta sxema orqali keltirilgan zararning 10,5 milliard so‘mlik qismini qopladi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi Ozodlikning bu boradagi so‘roviga jinoyat ishi materiallari bo‘yicha tergov harkatlari borayotgani bois izoh bera olmasligini ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining ismi ochiqlanmasligini so‘ragan mutaxassisiga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha ahvol boshqa viloyatlarda ham shunga o‘xshash.

Mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir necha milliardlab subsidiya va kreditlar ajratilgan tomchilatib sug‘orish bo‘yicha texnologiyalar o‘lda-jo‘lda qolib ketayotganini aytishmoqda.

Кооперация тузган 44 фермер кластерга қайтишга мажбурланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:05 0:00

Tomchilamayotgan sug‘orish tizimiga kim mas’ul?

Mamlakatda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va paxta maydonlari intensivligini oshirish yuzasidan islohotlarga Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev mas’ul qilib tayinlangan.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyalari uchun ajratiladigan subsidiya va mablag‘lar bevosita G‘aniyevning ko‘rsatmasi va tashabbusi orqali amalga oshirilishi aytiladi.

Ozodlikdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat qarori bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari sohasida eng katta subsidiyalar “Navoiy gilamlari” MChJga berilgan.

Shu yilning mart oyida Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari ishlab chiqaruvchi “Omad star” nomli shirkat qurilishi boshlandi. Xorijiy investitsiya va mahalliy mablag‘lar evaziga qurilayotgan shirkat turdoshlari orasida eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG