Линклар

 
Toronto aeroportiga qo‘nayotgan uchoq ag‘darilib ketdi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:42

Toronto aeroportiga qo‘nayotgan uchoq ag‘darilib ketdi


Toronto aeroportida ag‘darilib ketgan uchoq, 2025-yil 17-fevrali
Toronto aeroportida ag‘darilib ketgan uchoq, 2025-yil 17-fevrali

Delta Airlines aviashirkatiga qarashli Bombardier CRJ900LR uchog‘i Toronto xalqaro aeroportiga qo‘nish chog‘ida ag‘darilib ketgan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 18 kishi turli darajada tan jarohati olgan, qurbonlar yo‘q.

Voqea joyida olingan foto va videolardan uchoq aeroport yo‘lagida ag‘darilib yotganini ko‘rish mumkin. Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ag‘darilgan uchoq, ma’lum bo‘lishicha, AQSHning Minnesota shtati Minneapolis shahridan uchib kelgan.

Delta Airlines aviashirkati uchoq bortida 80 kishi bo‘lgani, ulardan to‘rt nafari ekipaj a’zolari ekanini tasdiqlagan.

Bu orada Toronto aeroporti ma’muriyati avariyadan so‘ng bir muddatga to‘xtatilgan uchoqlar harakati qaytadan yo‘lga qo‘yilgani, reyslar jadvalga muvofiq ravishda amalga oshirilganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG