Joriy yilning 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:45 da O‘zbekiston poytaxtining Mirzo Ulug‘bek tumanida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi shimoli-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkent markazidan 10 kilometr narida bo‘lgan.
Yer silkinishi kuchi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Yashnobod, Olmazor, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida 2 ballga teng bo‘lgan.
Shuningdek, 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:41 da Qirg‘izistonda ham 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotidan anglashilishicha, zilzila ta’siri O‘zbekiston hududida sezilgan emas.