Joriy yil yanvar oyida Toshkent shahri ijara bozorida susayish qayd etildi. Ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 10,7 foizga pasaydi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozori yuzasidan e’lon qilgan tahlillarga ko‘ra, poytaxt bo‘yicha ijara narxining eng katta pasayishi Chilonzor (17,4 foiz), Olmazor (16,7 foiz) va Yashnobod (14,3 foiz) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
O‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etgan.
Oy davomida oldi-sotdi shartnomalari soni 25,5 mingtani tashkil etib, 2024-yilning yanvariga nisbatan 17,4 foizga ko‘paygan. Ammo yillik hisobda uy-joy narxi 2,3 foizga pasaygan. Tumanlar kesimida narx-navo pasayishi Sergeli (1,8 foiz), Yunusobod (1,7 foiz) va Mirzo Ulug‘bekda (1,5 foiz) qayd etilgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillari ham Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy-joylarga kiritilgan investitsiyalarning rentabelligi sezilarli darajada pasayganini ko‘rsatgandi.
Ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish bank omonatlariga qaraganda kamroq foyda keltirmoqda, deb xulosa qilgan ekspertlar.