Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:00

Toshkent Vashington bilan JSTga a’zolik muzokarasini yakunladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston AQSH bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov LinkedIn platformasidagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

14 oylik faol muzokaralar o‘z mantiqiy manziliga yetdi! Bu oson bo‘lmagan yo‘l, murakkab, ammo mazmunli muzokaralar, umr bo‘yi esda qoladigan tajriba bo‘ldi” , deb yozdi u.

Tomonlar bozorga kirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilmoqda.

Hozirga qadar O‘zbekiston bir qator davlatlar bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Qo‘shma Shtatlar bu borada 21-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni qariyb 15 yillik tanaffusdan so‘ng 2020-yil iyul oyida qayta boshlagan. Rasmiy Toshkent a’zolik jarayonini imkon qadar tezroq yakunlash niyatida ekanini bildirgan. Jumladan, joriy yil 5-iyun kuni JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tez fursatda mazkur xalqaro tuzilmaga a’zo bo‘lish istagini urg‘ulagan.

2023-yil avgust oyida mamlakat qonunchiligini JST kelishuvlariga uyg‘unlashtirishga qaratilgan farmon qabul qilingan.

O‘zbekiston JST bilan tashkilotning butun tarixi davomida eng uzoq muzokara olib borgan davlatdir. Bu yil muzokaralar boshlanganiga 30 yil to‘ldi.

JST a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo qoidalari bilan shug‘ullanuvchi yagona global xalqaro tashkilot bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu tuzilmaga a’zolik raqobatbardoshlik va savdo hajmini oshirishga ko‘maklashadi.

XS
SM
MD
LG