Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:18

IIV: Toshkentda 1 mln dollarlik narkotik musodara qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Mirobod tumanida sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Kun.uz” nashri poytaxt IIBBga tayanib xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanidagi xonadonda va Toshkent viloyatida joylashgan uyda giyohvandlik moddalari ishlab chiqaruvchi laboratoriyalar tashkil etilgani aniqlangan.

Ikki laboratoriyadan umumiy narxi taxminan 1 million dollarga teng, jami 14 kilogramm 795 gramm sintetik giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Toshkent shahri IIBB EKM tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza musodara qilingan ashyoviy dalillarning barchasi sintetik giyohvandlik moddalari ekanini tasdiqlagan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumondor qamoqqa olingan.

XS
SM
MD
LG