Toshkentning Yakkasaroy tumanida 61 yoshni qoralagan hindistonlik fuqaro xususiy firma hududida o‘zini o‘ldirgan. Bu haqda mahalliy nashrlar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishmoqda.
Qayd etilishicha, hindistonlik SH. S. o‘limi oldidan ingliz va rus tillarida qoldirgan xatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganini, hech kimga e’tirozi yo‘qligini yozib qoldirgan. Shuningdek, SH. S. o‘z vasiyatida jasadini Hindistonga yetkazishni so‘ragan.
Hindistonlik shaxs 12-iyul kuni tush vaqtida o‘zi ishlagan firma hududidagi vannaxonada tomirlarini kesib, o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda holat yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib boryapti.