Линклар

Шошилинч хабар
19 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:03

Toshkentda Jahongir Otajonov ustidan sud boshlandi. U IIV xodimlarini tahqirlashda ayblanmoqda


Jahongir Otajonov avvalroq o‘zi va yaqinlariga bosimlar tufayli siyosatdan vaqtincha chekinishini e’lon qilgan edi.
Jahongir Otajonov avvalroq o‘zi va yaqinlariga bosimlar tufayli siyosatdan vaqtincha chekinishini e’lon qilgan edi.

26 - iyul kuni Toshkentning Shayxontohur tuman sudida sobiq xonanda va siyosiy faol Jahongir Otajonov ustidan mahkama jarayoni boshlandi.

Da’vogar - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 24 - iyul kuni e’lon qilgan bayonotida Otajonov "Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagani"ni aytgan.

Otajonovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi («Haqorat qilish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIBB matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Jahongir Otajonov "qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan".

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida 26 - iyul kuni soat 16:00da Jahongir Otajonov ishi bo‘yicha mahkama jarayoni boshlandi.

Bu haqda sud majlisiga kirishdan avval xonandaning o‘zi Ozodlikka ma’lum qildi.

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan ochilgan ishni 23 - iyul kuni sudga oshirgandi.

O‘tgan yil dekabrida san’atdan ketganini e’lon qilgan va keyinroq muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi faoliga aylangan sobiq xonanda shu oy boshida o‘zining Instagram tarmog‘iga joylangan videosi uchun sudlanmoqda. Videoda Otajonov mashinasini jarima maydonidan ololmayotgani to‘g‘risida gapirib, ichki ishlar xodimlarini tanqid qilgandi.

IIBB Jahongir Otajonovni ijtimoiy tarmoqda Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaganganlikda ayblamoqda.

Toshkent IIBB xabarida, haqiqatan ham 17 - iyun kuni Jahongir Otajonovning avtomashinasi boshqaruv huquqi bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarilgani ortidan jarima maydonchasiga kiritilgani aytilgan.

“Fuqaro Jahongir Otajonov o‘zining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga urinishlari nomoyon bo‘lmoqda”, deyiladi IIBB 29 - iyun kuni tarqatgan xabarda.

Keyinchalik Otajonov IIB xodimlaridan uzr so‘ragan boshqa bir videoni Instagram tarmog‘iga joyladi.

IIBB xabariga ko‘ra, Otajonov tergovga qadar tekshiruv jarayonida ham videomurojaatda aytilgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini ta’kidlab, “Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan”.

Otajonovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Tuhmat qilish) bilan ayblov ilgari surilgan.

Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Muxolifatdagi "Erk" partiyasi O‘zbekistonda yaqinlashib kelayotgan prezident sayloviga nomzod etib ko‘rsatgan Jahongir Otajonov 10 - iyul kuni siyosatdan vaqtincha chekinishi va qo‘shiqchilik faoliyatini davom ettirishi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

XS
SM
MD
LG