Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:14

Toshkentda yong‘indan, Buxoroda portlashdan fuqarolar nobud bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonda ro‘y bergan yong‘inda 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘ldi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 31-oktyabr kuni soat 02:13 da Chinobod MFY Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 10 metr kvadrat maydoni yonib zararlangan.

Xonadon vakillari yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 74 yoshli fuqaro insult xastaligi sabab oxirgi yillarida to‘shakka mixlanganini aytgan. U yotoq joyida tamaki chekkani sabab yong‘in kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Xabar.uz nashrining yozishicha, 29-oktyabr kuni soat 23:35 da Buxoro shahri Namozgoh mahallasida joylashgan yangi ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan portlashda ham insoniy talafot berilgan.

6/3A-uyda gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida kelib chiqqan portlashda 14-xonadonda yashovchi fuqaro vafot etgan, yana besh kishi jarohatlangan.

Hodisa ortidan tekshiruvda to‘liq foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uyda bir necha oila yashab kelayotgani aniqlangan.

XS
SM
MD
LG