Линклар

 
Toshkentda yuzlab mijozni aldagan avtolizingchilar qamaldi
Шошилинч хабар
02 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:37

Toshkentda yuzlab mijozni aldagan avtolizingchilar qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudi mashina olib berish va’dasi bilan 600 ga yaqin odamni chuv tushirgan jinoiy guruhga hukm o‘qidi.

Kun.uz nashri sud hujjatlariga tayanib yozishicha, sudlanuvchilar “Ishonch Auto Leasing”, “Ishonch Leasing Car”, “Mega Avto Leasing”, “Mega Auto Leasing-Hamkor”, “Asr Auto Leasing”, “Asr Auto” kabi MCHJlar ochib, fuqarolarga 5 mlrd 240 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazishgan.

O‘n uch nafar sudlanuvchining ikki nafari ayol bo‘lib, ulardan biri – hisobchi vazifasida ishlagan ayol bundan 6 oy oldin “Toshturma”da farzandli bo‘lgan.

Sud jinoiy guruh a’zolariga turli muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

"Авто-идеал"дан жабр кўрганлар Мустақиллик майдонига йиғилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:09 0:00

Ikki ayoldan biri 6 yil-u 6 oy, chaqalog‘i bo‘lgan sudlanuvchi esa 6 yil-u 1 oy muddatga qamalgan.

O‘zbekistonda odamlarning avtomobil olib berish va’dasiga ishonib, millionlab so‘m mablag‘idan ajralib qolishi ko‘p uchramoqda.

Joriy yil yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Shayxontohur tuman sudi ko‘p sonli fuqarolarni chuv tushirgan avtosalonchilarga jazo tayinlagandi.

Ozodlik avvalroq Toshkent shahri Yangihayot tumani IIB “Umid avto companies” MCHJ mansabdorlariga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani haqida xabar qilgan edi.

2024-yil dekabr oyida esa Shayxontohur tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Halal Auto Leasing kompany” MCHJ mansabdorlariga ham xuddi shunday ayblov ilgari surilgandi.

XS
SM
MD
LG