Линклар

 
Tramp immigrantlarga 5 mln dollar evaziga “oltin karta” va’da qilyapti
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:54

Tramp immigrantlarga 5 mln dollar evaziga “oltin karta” va’da qilyapti


Donald Tramp
Donald Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp 5 million dollar evaziga “oltin karta” (Gold Card) deb atalgan yashash uchun ruxsatnomalar sotilishi haqid e’lon qildi.

U sizga grin-karta imtiyozlarini beradi hamda fuqarolikka yo‘l ochadi. Badavlat odamlar bu kartani sotib olib, bizning mamlakatimizga kelishadi”, degan Tramp.

Unga ko‘ra, bunday karta sohiblari “ko‘p pul sarflaydi, ko‘p soliq to‘laydi va ko‘plab odamni ishga yollaydi”. Yangi dasturga oid tafsilotlarni AQSH prezidenti ikki haftadan keyin ochiqlashga va’da bergan.

Jurnalistlarning: “Kartani rossiyalik oligarxlar ham sotib olishi mumkinmi?” degan savoliga javoban Tramp buning imkoni borligini aytgan. “Men rossiyalik bir necha oligarxni bilaman, ular juda yoqimtoy insonlar”, deya qayd etgan u.

Gold Card AQSHga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan immigrantlar uchun viza dasturining (YV-5) o‘rniga kelishi rejalanmoqda, mazkur dastur orqali sarmoyador immigrantlardan AQSH iqtisodiyotiga kamida 800 ming dollar yotqizish va ish o‘rinlari tashkil etish talab etilardi. AQSH savdo vaziri Govard Lyutnik uni “butunlay safsata va tovlamachilik” deb atagan.“Bu grin-kartani arzon bahoda olish yo‘li edi”, deya bildirgan u. Lyutnik “oltin kartalar” sotilishidan tushgan mablag‘ni AQSHda byudjet defitsitini qisqartirishga yo‘naltirish mumkin bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG