Линклар

 
Tramp Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini afv qildi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:30

Tramp Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini afv qildi


Donald Tramp prezidentligining ilk kunida Oq uyda dastlabki farmonlarni imzolash paytida, Vashington, 2025-yil 20-yanvari
Donald Tramp prezidentligining ilk kunida Oq uyda dastlabki farmonlarni imzolash paytida, Vashington, 2025-yil 20-yanvari

Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin 20-yanvar oqshomida imzolagan farmonlaridan biri bilan 2021-yil 6-yanvaridagi norozilik aksiyasining 1500 chog‘li ishtirokchisiga nisbatan chiqarilgan hukmlarni yumshatdi va ularni afv qildi. Mazkur aksiyaning kulminatsiyasi Kongress binosiga hujum bo‘lgan. Tramp tarafdori bo‘lgan norozilar o‘shanda 2020-yildagi Jo Bayden g‘olib topilgan prezident saylovi natijalarini sertifikatlash marosimiga xalaqit qilishmoqchi bo‘lgan.

Tramp farmoni bilan to‘rt yil muqaddam isyon chiqarishga urinishda ayblanib, sudlangan “Mag‘rur yigitlar” va “Qasam qo‘riqchilari” o‘ng radikal guruhlarining 14 nafar a’zosiga nisbatan chiqarilgan sud hukmlari yumshatilgan. Matbuot xabarlariga ko‘ra, ular yaqin orada qamoqdan ozod qilinishlari lozim. Huquq-tartibot xizmatlari vakillariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari yoki Kongress hududiga noqonuniy kirib olganlik uchun sudlanganlarning qolganlari (ularning ko‘pchiligiga qamoq jazosi tayin qilingan) afv etilgan. Tramp farmonida “2021-yil 6-yanvarida Kapitoliy hududida yoki uning atrofida sodir bo‘lgan voqealar chog‘ida qonunni buzgani uchun sudlanganlarning hammasi to‘liq va shartsiz afv qilinishi” haqida aytilgan.

Umid qilamanki, bu odamlarning hammasi bugun kechqurun ozod qilinadi”, deya bildirgan prezident Tramp farmonni imzolash paytida.

To‘rt yil avval AQSH Kongressi Namoyandalar palatasi spikeri bo‘lgan Nensi Pelosi prezidentning qarorini “odil sudlov tizimimizni haqoratlash” deb atagan.

Oltinchi yanvar voqealari ortidan unda ishtirok etgan kishilardan 1500 dan ziyodiga nisbatan jinoiy ayblovlar e’lon qilingan, pirovardida 1100 ga yaqin kishi sudlangan, ulardan 600 ga yaqini qamoq jazosiga hukm qilingan. Farmon imzolangan paytda sudlanganlardan kichik bir qismi qamoqda jazo o‘tayotgan edi.

XS
SM
MD
LG