Линклар

 
Tramp ma’muriyati Ta’lim vazirligi xodimlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqda
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 10:03

Tramp ma’muriyati Ta’lim vazirligi xodimlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqda


Vashingtondagi Oq uy binosi (arxiv surati)
Vashingtondagi Oq uy binosi (arxiv surati)

AQSH Ta’lim vazirligi 11-mart kuni o‘zining 1300 nafar xodimi ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. Tramp ma’muriyati Oq uyga kelganidan so‘ng avvalroq o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shab ketgan xodimlar bilan birgalikda vazirlik shtati teng yarmiga qisqargan.

Ta’lim vaziri Linda Makmen qisqartishlar moliyaviy zaxiralarni ularga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan kishilarga – o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilarga yo‘naltirishga yordam berishini bildirgan.

Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Donald Tramp federal ta’lim vazirligini yopishni va uning mablag‘larini shtatlarga berishni va’da qilgan. Tramp iddaosicha, vazirlik “radikallar, mutaassiblar va marksistlar” qo‘lida qolgan. Biroq prezident Kongress ruxsatisiz vazirlikni yo‘qota olmaydi. Linda Makmen ta’lim vaziri lavozimiga nomzod o‘laroq tasdiqlangan Senatdagi tinglovlarda u o‘z maqsadi vazirlikni qayta tashkil etish va shtatlarni qisqartish ekanini urg‘ulagan.

Davlat xizmatlarini birlashtiruvchi kasaba uyushmalari vakillari “Tramp ma’muriyati o‘z hayotlarini amerikaliklarga xizmatga bag‘ishlagan vazirlikning minglab xodimiga nisbatan mutlaqo hurmati yo‘qligini namoyish qilgan”ini bildirishgan. Ular qisqartishlarga qarshi kurashish niyatlari borligini ochiqlashgan.

AQSHda Federal ta’lim vazirligi faoliyati federal grantlar, talabalar kreditlari taqsimoti, Amerika ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qilish, aksildiskriminatsion qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish hamda ta’lim huquqidan barcha birday foydalana olishini ta’minlash bilan cheklangan.

XS
SM
MD
LG