Линклар

 
Tramp Netanyaxuni hibsga olish uchun order bergan XJSga qarshi sanksiya kiritdi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 17:05

Tramp Netanyaxuni hibsga olish uchun order bergan XJSga qarshi sanksiya kiritdi


Binyamin Netanyaxu (ch) va Donald Tramp (o‘).
Binyamin Netanyaxu (ch) va Donald Tramp (o‘).

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va bu mamlakat sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bergani uchun Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan sanksiya joriy etdi.

Oq uy saytida yoyinlangan farmonda Tramp XJS qonuniy asoslarsiz Qo‘shma Shtatlar xodimlari va Isroil doxil AQSHning ayrim ittifoqchilariga nisbatan dastlabki tergovni boshlagani hamda o‘z hokimiyatidan foydalangan holda, Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berganini iddao qilgan.

Donald Tramp buni xavfli o‘rnak deb atab, XJSning AQSHga nisbatan xatti-harakatlari amerikalik harbiylar uchun tahdid tug‘dirishini bildirgan.

Hujjatda AQSH va Isroil Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasini tan olmasligi urg‘ulanadi. Tramp har ikki davlatni qurolli kuchlari urush qonun-qoidalariga qat’iy rioya qiladigan farovon demokratik davlat, deb atagan.

Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun orderni 2024-yil noyabrida bergan. XJSning sudgacha palatasi Isroilning HAMAS radikal guruhiga (AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan) qarshi amaliyoti chog‘ida isroillik harbiylar G‘azo sektori tinch aholisini oziq-ovqat va tirikchilik uchun zarur bo‘lgan boshqa predmetlardan ataylab va ongli ravishda mahrum qilishgan, deb hisoblagan. Shuningdek, isroilliklar G‘azodagi tinch aholiga qasdan hujum qilganiga oid kamida ikkita holat haqida aytilgan.

Sudning bu qarori Isroilning ham rasmiylari, ham muxolifati tomonidan keskin tanqidga uchragan. Ular buni “uyatli ish” va “terrorchilarni mukofotlantirish” deb atashgan. AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden ham Netanyaxuni hibsga olish uchun order berilishi “xunuk holat” deb atagan.

XS
SM
MD
LG