Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:59

Tramp: Noqonuniy migrantlarga qarshi kurash – ustuvor yo‘nalish


Donald Tramp
Donald Tramp

AQSHdagi prezident saylovida g‘alaba qozongan respublikachi Donald Tramp saylovdan keyingi ilk intervyusida lavozimga kirishganidan keyingi o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri chegarani mustahkamlash bo‘lishini bildirdi. NBC News telekanalining noqonuniy migrantlarni yoppasiga deportatsiya qilish bo‘yicha saylovoldi va’dasiga oid savolga Tramp o‘z ma’muriyatida buni amalga oshirishdan boshqa chora yo‘qligini qayd etgan.

Demokratlar nomzodi va amaldagi vitse-prezident Kamala Harris ustidan g‘alabasini Tramp mamlakatga “sog‘lom fikr kiritilishi” uchun mandat deb atagan.

Avvalroq Tramp ittifoqchilari va xususiy biznes vakillari migratsiya siyosatidagi o‘zgarishlarga maxfiy ravishda tayyorlanayotgani haqida CNN manbalari ma’lum qilishgandi.

Telekanal suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, Tramp komandasidagi dastlabki muhokamalar jinoyat sodir etgan noqonuniy immigrantlarni badarg‘a qilishga qaratilgandi. Bu yerda asosiy masala AQSHga bolaligida olib kelingan immigrantlarni deportatsiya qilish kerakmi-yo‘qmi, degan masaladir.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, umumiy hisobda 20 million chog‘li migrant deportatsiyaga tushishi mumkin.

NBC qaydicha, saylovoldi kampaniyasi chog‘ida demokratlar Trampning immigrantlar to‘g‘risidagi gap-so‘zlariga e’tibor qaratishga uringanlariga qaramay, latinamerikaliklar orasida Trampni dastaklash ortgani kuzatilgan. Trampga ko‘ra, uning migratsiya masalasi bo‘yicha pozitsiyasi muvaffaqiyatli bo‘lgan, chunki “odamlar mamlakatga qonunga rioya qiluvchi fuqarolar kelishini istaydi”.

XS
SM
MD
LG