Линклар

 
Tramp o‘z vakillari Rossiyaga ketayotganini bildirdi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:43

Tramp o‘z vakillari Rossiyaga ketayotganini bildirdi


AQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp uning vakillari “hozirning o‘zida” Rossiyaga ketayotganini bildirdi. U “endilikda hammasi Rossiyaga bog‘liq” ekanini qo‘shimcha qildi, deya xabar qildi The Guardian. Tramp AQSH “otashkesim haqida ba’zi ijobiy xabarlar olgani”ni ham qayd etdi.

Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov Rossiya va AQSH tomonlari joriy haftada muloqot qilishni rejalayotganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, Moskva Jiddadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotlarni diqqat bilan o‘rganmoqda, biroq muzokaralar mohiyati haqida hali AQSHdan zarur ma’lumotlarni olgani yo‘q.

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra , Rossiya prezidenti Vladimir Putin, aftidan, o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga rozi bo‘ladi, biroq u avval-boshdan o‘z shartlari ham bitimga kiritilishiga amin bo‘lishni istaydi. Rossiya rasmiylari amerikalik hamkasblari bilan Ukraina delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi muzokaralar chog‘ida rozi bo‘lgan konkret kelishuvni hali muhokama qilishganicha yo‘q.

Agentlik suhbatdoshlari iddaosicha, Putin Moskva uchun maksimal darajada manfaatli shartlar ta’minlanishi uchun shartnoma erishish muddatlarini cho‘zishga urinib ko‘rsa kerak. Manbalardan biri Kreml otashkesim sharti o‘laroq Ukraina qurol-aslaha yetkazilishi to‘xtatilishini talab qilishi mumkinligini aytgan.

Saudiya Arabistonning Jidda shahrida 11-mart kuni Kiyev va Vashington vakillarning muzokaralari bo‘lib o‘tgan. Ukraina tomoni, agar Rossiya tomoni bunga rozi bo‘lsa, 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy etishga oid taklifni qabul qilgan .

Uchrashuvdan so‘ng AQSH Ukrainaga qurol-aslaha yetkazilishi tiklanishi hamda razvedka ma’lumotlari bilan almashish qayta boshlanishini bildirgan.

Ukraina prezidenti ofisi vaqtincha otashkesim tartibi tafsilotlarining muhokamasi 17-martdan keyin boshlanishini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG