Линклар

 
Tramp Ukrainaning muzokaralardan go‘yo chetlatilganiga oid xavotirlarni rad etdi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 17:05

Tramp Ukrainaning muzokaralardan go‘yo chetlatilganiga oid xavotirlarni rad etdi


AQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp AQSH va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida 18-fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan Ukrainaning go‘yo chetlatilgani bilan bog‘liq xavotirlarni rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

AQSH prezidenti seshanba kuni Mar-a-Lagodagi (Florida) shaxsiy qarorgohida jurnalistlar oldida chiqish qildi.

Tramp, agar yevropaliklar o‘z tinchlikparvar qo‘shinlarini Ukrainaga yo‘llash haqida qaror qabul qilishsa, bunga e’tiroz qilmasligini bildirdi.

Avvalroq Yevropa mamlakatlari liderlari xavfsizlik kafolatlarini ta’milash uchun Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yo‘llashga oid masalani muhokama qilishgandi.

Bu Trampning AQSH delegatsiyasi Ukraina masalasi bo‘yicha Rossiya bilan muloqot o‘rnatganidan buyon qilgan ilk chiqishidir. Ikki mamlakat delegatsiyalari uchrashuvi 18-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan.

Tramp Ukraina ko‘p yillar avval Rossiya bilan kelishuvga erishishi mumkin bo‘lganini aytib, Kiyevning muzokaralarda o‘rin berilmasligi bo‘yicha xavotirlarni rad etdi. “Ukrainaliklar muzokaralarni ancha avval boshlashlari lozim edi”, deya bildirdi Tramp.

AQSH prezidenti Ukraina masalasi bo‘yicha sobiq prezidenti Jo Baydenni tanqid qildi. Reuters agentligi Bayden Ukrainani rossiyalik ishg‘olchilar hujumini qaytarishga yordam bergan qurol-aslaha bilan ta’minlash ustida ishlaganiga e’tibor qaratgan.

XS
SM
MD
LG