Линклар

 
Turkiyada Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlar
Шошилинч хабар
02 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:47

Turkiyada Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlar


Akram Imomo‘g‘li tarafdorlari bilan.
Akram Imomo‘g‘li tarafdorlari bilan.

Turkiya shaharlarida minglab odamlar Istanbul meri, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning asosiy siyosiy raqibi bo‘lgan Akram Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlariga chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, politsiya namoyishchilarga qarshi maxsus vositalar qo‘llagan.

Istanbulda namoyishlar shahar hokimiyati binosi oldida, politsiya bo‘limi oldida – Imomo‘g‘li uyi tintuv qilinganidan so‘ng olib ketilgan joyda, shuningdek, universitet oldida bo‘lib o‘tmoqda. Universitet bir kun oldin merning diplomini bekor qilgan va uni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilgan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, universitet shaharchasida to‘plangan talabalarga nisbatan politsiya maxsus vositalar ishlatgan.

Istanbul viloyatida hokimlik tomonidan kecha joriy qilingan har qanday namoyish va mitinglarga taqiq amalda qilmoqda. Shunga qaramay, norozilik namoyishlari davom etmoqda, ular Anqara poytaxti hamda boshqa shaharlarda ham o‘tkazilmoqda.

Akram Imomo‘g‘li 19-mart kuni tongda hibsga olingandi.

U va yana yuzga yaqin kishi korrupsiyaga aloqador jinoyatlarda hamda tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh tuzishda ayblanmoqda.

Turkiya Adliya vazirligi ish siyosiy tusga ega emasligini ta’kidlamoqda.

Ammo Istanbul meri o‘ziga qarshi ta’qiblarni "xalqning irodasiga zarba" deb atadi.

XS
SM
MD
LG