Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Turkiyada Instagram tarmog‘i blokirovka qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Turkiyada Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirishga cheklov joriy qilingan. Bunga oid qaror, Hurriyet nashrining yozishicha, Texnologiyalar va kommunikatsiyalar kengashi qabul qilgan. Mahalliy regulyator blokirovka sabablari yoki taqiqning qancha davom etishini ochiqlagan emas.

Turk matbuotining yozishicha, bunday qaror Turkiya prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Fahrettin Altun kuni kecha Eronda o‘ldirilgan HAMAS ekstremistik guruhi (AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan) siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘limi yuzasidan ta’ziya postlarini blokirovka qilgan Instagram tarmog‘ini tanqid qilgani ortidan qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

“Bu juda aniq va ochiq senzura urinishidir. Biz global ekspluatatorlik tartibi va adolatsizlikka xizmat qilishini bir necha bor ko‘rsatgan bu platformalarga qarshi so‘z erkinligini himoya qilishda davom etamiz. Biz falastinlik aka-ukalarimiz va opa-singillarimizni imkon tug‘ilgan har lahzada va har qanaqa platformada dastaklayveramiz”, deb yozgan Fahrettin Altun.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on avvalroq falastinliklarga yordam berish uchun Turkiya “Liviya va Qoraboqqa kirgani kabi” Isroilga ham kirishi mumkinligini bildirgan.

“Biz juda kuchli bo‘lishimiz kerakki, bu Isroil Falastin bilan bunday bo‘lmag‘ur ishlarni amalga oshira olmasin. Biz Qoraboqqa qanday kirgan bo‘lsak, Liviyaga qanday kirgan bo‘lsak, bunga o‘xshashini ularga qarshi ham aynan amalga oshirishimiz mumkin”, deya urg‘ulagan Erdo‘g‘on “bu ishni qilmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q”ligini qayd etgan.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Erdo‘g‘onning Isroilga qo‘shin kirish tahdidiga javoban uni 2006- yilda qatl etilgan Saddam Husaynga mengzatgan.

XS
SM
MD
LG