Линклар

Шошилинч хабар
17 май 2024, Тошкент вақти: 12:29

Turkmanistonda mulozimlar ota-o‘g‘il Berdimuhamedovlar tasviri tushirilgan soatlarni sotib olishga majburlanyapti


Serdar Berdimuhamedov tasviri tushirilgan soatlardan biri
Serdar Berdimuhamedov tasviri tushirilgan soatlardan biri

Turkmaniston g‘arbida joylashgan Bolqon viloyatidagi davlat muassasalari rahbarlari siferblatlariga amaldagi prezident Serdar Berdimuhamedov va uning otasi Gurbanguli Berdimuhamedov tasviri tushirilgan soatlarni sotib olishga majbur qilinmoqda. Bu haqda Ozodlikning turkman xizmati xabar qildi.

Bu soatlarga, o‘lchami va dizaynidan kelib chiqqan holda, 1500 manatdan (taqriban 428 AQSH dollari) 3000 manatgacha (taqriban 850 AQSH dollari) narx bichilgan.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, mazkur soatlar viloyatdagi yuqori lavozimli amaldorlarga majburan sotilyapti, kichikroq byudjet tashkilotlari rahbarlariga esa bundan arzonroq soatlar taklif qilinmoqda.

Ozodlikning turkman xizmati muxbiri bilan suhbatda maktab direktorlari qimmatbaho soatlarning majburiy sotilishi ortida Berdimuhamedovlarga yaqin shaxslar turganini aytishgan.

Bu soatlar Xitoyda maxsus tayyorlanib, mamlakatga olib kelinib, xalqqa majburan sotilmoqda. Ular Milliy xavfsizlik vazirligi organlari orqali soat savdosini nazorat qilib borishyapti”, degan Bolqon viloyatidagi maktablardan birining direktori.

Ozodlikning boshqa bir suhbatdoshi Saparmurod Niyozov davrida Turkmanistonda prezident tasviri tushirilgan soatlar chiqarilib, maktab o‘quvchilari doxil hammaga tarqatilganini eslatgan.

“Serdar [Berdimuhamedov] ham o‘z portretlari aks etgan soatlar chiqara boshlaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Endi uning butun mamlakat bo‘ylab o‘z haykallarini o‘rnatishi qoldi, xolos”, degan u.

Turkmanistonda davlat muassasalari xodimlariga muntazam ravishda nohaq soliqlar solib turiladi. Bu pullar ulardan prezident kitoblarini sotib olish, uning portretlarini yangilash va shu kabi ko‘plab bahonalar bilan yig‘iladi.

XS
SM
MD
LG