Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:16

Ukraina portlariga hujum oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid tug‘dirmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya armiyasi Ukraina portlariga hujumlarni kuchaytirishi ortidan Kiyev Xalqaro dengiz tashkilotiga murojaatnoma yo‘lladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Moskva Ukrainaning port infratuzilmalari, bug‘doy omborlari va fuqaroviy kemalarini bombalash bilan global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Kiyev xalqaro tashkilot kuzatuvchilari Odessa viloyati janubidagi portlarga kelib vaziyatni o‘rganishi lozim deb hisoblaydi.

Украинага босқин: 967-кун | Зеленский Украина Олий Радасида “ғалаба режаси”ни тақдим этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:09 0:00

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga jurnalistlarga so‘nggi haftalarda Rossiya mamlakatning port infratuzilmalariga raketa yog‘dirayotganini aytgan.

Hujumlar oqibatida 6-oktyabrdan buyon 4 ta noharbiy kema shikastlangan.

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning port infratuzilmalari, bug‘doy omborlari va kemalarni bombalash bilan global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Ukraina dunyodagi eng yirik bug‘doy yetishtiruvchi davlatlardan biridir. 2022-yilda Rossiya bosqini boshlangunga qadar mamlakat Qora dengiz orqali har oyda qariyb 6 million tonna bug‘doy eksport qilgan.

Rossiya hujumlari ortidan Ukraina bug‘doyini jahon bo‘ylab yetkazishi xavf ostida qolgan. Mahsulot sug‘urta narxi ham keskin oshgan.

Kiyev e’lon qilgan ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi uch oy mobaynida Rossiya Ukraina portlariga 60 marotaba hujum uyushtirgan, buning oqibatida 300 ga yaqin port infratuzilma inshootlari va 22 ta kema vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.

XS
SM
MD
LG