Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:31

Ukraina Rossiya hududiga zarba berishda ilk bor Storm Shadow raketalaridan foydalangan bo‘lishi mumkin


Ukraina armiyasi Rossiyaga hujum uchun ilk bor Britaniyaning Storm Shadow raketalaridan foydalangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi hamda Britaniyaning The Guardian nashri va Bi-bi-si xabar qilgan.

Nashrlar raketa zarbasi hadafi qaysi joy bo‘lganiga aniqlik kiritishmagan, biroq ular nishonlardan biri Kursk viloyatidagi Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi oromgohi bo‘lganini taxmin qilishmoqda. U yerdagi yerosti bunkerida Rossiya qo‘shinlari qo‘mondonlik punktlaridan biri joylashgan bo‘lishi hamda u yerda shimoliy koreyalik harbiylar ham bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Ukrainaning Defense Express nashri.

Storm Shadow raketalari ishlab chiqariladigan Buyuk Britaniya rasmiylari bu ma’lumotni rasman tasdiqlaganlari ham, inkor qilganlari ham yo‘q. Bosh vazir Kir Starmerning vakili The Guardian nashri bilan suhbatda tezkor tadbirlarga oid masalalarga izoh bermasligini aytgan.

Avvalroq Britaniya nashrlarida London Kiyevga Rossiya hududiga zarba berishda bu raketalardan foydalanishga norasmiy ravishda ruxsat bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ukrainaga yetkazib berilgan Storm Shadow raketalari oldinroq ukrainalik harbiylar tomonidan Rossiya tomonidan ishg‘ol etilgan Ukraina hududlariga zarba berish uchun foydalanilgan edi.

Kuni kecha AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga zarba berishda o‘zining ATACMS ballistik raketalarida foydalanishga izn bergani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari seshanbaga o‘tar kechasi Bryansk viloyatidagi obyektga oltita shunday raketa bilan zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatgan.

XS
SM
MD
LG