Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Ukrainada 3 mingdan ziyod mahkum urushga safarbar qilindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Yangi qonun bo‘yicha shartli ravishda muddatidan ozod qilingan 3 mingdan ziyod mahkum Ukraina Qurolli kuchlari safiga kirgan. Bu haqda Ukraina adliya vazirining o‘rinbosari Yelena Visotskaya Associated Press agentligiga ma’lum qilgan.

Vazirlik qaydicha, shu tariqa sudlar 27 mingga yaqin mahkumni jazodan ozod qilishi mumkin.

Visotskayaning aytishicha, qamoqdan ozod bo‘lganlar azmu qarorli bo‘lib, “uyga qahramon sifatida qaytishni istashmoqda”.

Ayrim toifadagi mahkumlarni urushga jalb qilishga qonun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan shu yilning 17-mayida imzolangan edi.

Mazkur qonunga muvofiq, sud tibbiy komissiya, harbiy qism komandiri va mahkumning o‘zi roziligi asosida uning keyinchalik urushga safarbar qilinishi uchun shartli ravishda qamoqdan ozod qilish haqida qaror chiqaradi. Bu yo‘ldan foydalanmoqchi bo‘lgan mahkumlarning birinchilari may oyi oxiridan qamoqdan ozod qilina boshlagan.

XS
SM
MD
LG