Qozog‘iston o‘zbekistonlik 29 qochqinni hibsga olinganidan roppa-rosa bir yil o‘tib, o‘tgan hafta vatanlariga ekstraditsiya qildi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ekstraditsiya qilish qarorini qochqinlar o‘z vatanlarida o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgani bilan izohladi.
O‘zbekiston bu tutqunlarni turli diniy ekstremistik tashkilotlarga a‘zolik va konstitutsion tuzumga tajovuz qilish kabi ayblar bilan qidiruvga bergan edi.
O‘zini Umid deb tanitgan 28 yashar o‘zbekistonlik dindor O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan qochqinlar bilan birga bir yil avval Olmaotada hibsga olingan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan edi.
Hozir Yevropa davlatlaridan birida boshpana topgan Umid Ozodlik bilan suhbatda hamyurtlari asossiz ayblovlar bilan O‘zbekistonga topshirib yuborilgani haqida gapirib berdi.