Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

“Umra” safarini litsenziyasiz uyushtirganlar jarimaga tortiladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni imzolagan. Bu haqda Adliya vazirligiga qarashli “Huquqiy axborot” telegram-kanali ma’lumot tarqatdi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangan va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyalovchi vakolatli organ o‘laroq qayd etilgan.

Hujjatda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (68 million so‘m) etib belgilangani qayd etilgan.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 million 400 ming so‘m) etib belgilangan.

Qonunga o‘zgartishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida joriy yil 26-martida qabul qilingan, 18-may kuni esa Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Mazkur tartib qonun matbuotda rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tib (2024-yil oktyabridan) kuchga kiradi.

XS
SM
MD
LG