Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:27

Urganchda beshinchi qavatdan qulagan o‘smir kasalxonaga yetkazildi


Xorazm viloyatining Urganch shahrida voyaga yetmagan bolaning 5-qavatdan qulab tushgani holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 2007-yilda tug‘ilgan o‘smirning Urganchdagi ko‘p qavatli uy 5-qavatidan Captiva avtomobili ustiga qulagani aks etgan video tarqalgan edi.

Shamsutdinovga ko‘ra, kasalxonaga yetkazilgan jabrlanuvchiga ayni paytda zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

BP mulozimi Urganchda sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanayotganini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG