Линклар

 
USAID islohotining ilk bosqichida milliardlab dollar tejaldi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:22

USAID islohotining ilk bosqichida milliardlab dollar tejaldi


AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Vashington, 2025-yil 21-yanvari
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Vashington, 2025-yil 21-yanvari

AQSH Davlat departamenti AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) islohotining birinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi, deya xabar berdi “Amerika ovozi”ning rus xizmati.

Prezident Donald Tramp AQSH Davlat kotibi Marko Rubioga o‘z ma’muriyatining “eng avvalo Amerika” dasturiga muvofiq ravishda tashqi siyosat yuritish uchun USAID islohotini boshqarishni topshirgan.

Davlat departamenti xorijga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qiymati 15,9 milliard dollardan oshadigan 9 mingdan ziyod grantni o‘rgangan.

USAID bahosiga ko‘ra, yana bir necha yilga berilgan 6 mingdan ziyod grant bo‘lib, ularning qiymati 58 milliard dollarga teng. Dastlabki kutilmalarga ko‘ra, tekshiruv yakunlanganidan keyin moliyalashtiriladigan loyihalarning umumiy hajmi 92 foizga kamayadi.

“Amerika ovozi” rus xizmati maqolasida USAID oziq-ovqat yordami, OIV, sil va bezgak muolajasi uchun tibbiy dori-darmonlar yetkazib berilishi dasturlarini saqlab qolgani aytilgan. Shuningdek, ko‘rsatiladigan yordam hayotiy ahamiyatga ega mamlakatlarni dastaklash dasturlari ham saqlab qolingan. Bu mamlakatlar orasida Livan, Haiti, Venesuela, Kuba va boshqa ayrim davlatlar bor.

XS
SM
MD
LG