Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:10

Vazirlik O‘zbekistonda Youtube sekinlaganini rad etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda Youtube “normal tartib”da ishlayapti, videoxosting ishida uzilishlar kuzatilayotgani yo‘q. Bu haqda Spot nashriga Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ma’lum qilgan.

Vazirlik mulozimi Rossiyada videoxosting sekinlagani bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekistonda “mutlaqo aks etmasligi”ni bildirgan.

Agar Youtube bir mamlakatda sekinlashsa, bu uning O‘zbekistonda ham sekinlashishini anglatmaydi, ya’ni u bitta mamlakatga bog‘langan emas”, degan Sherzod Ahmatov.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda Youtube videoxostingi ishida sekinlashuv kuzatilayotgani haqida shikoyat qila boshlashgan. Buning ortidan boshlangan muhokamalarda Youtube'dan videorolik yuklab olishda sekinlashuv desktop versiyalarda kuzatilayotgani, mobil versiyalarda muammo yo‘qligi haqida yozishgan.

O‘zbekistonda YouTube videoxostingi sekinlashganiga oid iddaoni “O‘zbektelekom” matbuot kotibi Timur Mamajonov ham rad etgan.

Hozirgi paytda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik shirkati (UZTELECOM brendi) tomonidan ko‘rsatilayotgan telekommunikatsion xizmatlarning barchasi odatdagi tartibda ko‘rsatilmoqda. Hech qanday cheklov yo‘q”, degan mulozim Kun.uz nashriga.

O‘zbekistonda YouTube sekinlashib qolganiga oid iddao avvalroq Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn keyingi hafta oxiriga borib mamlakat hududida YouTube videoxostingida video yuklash tezligi 70 foizga pasayishini e’lon qilgani ortidan paydo bo‘ldi. Xinshteyn bu qadamni videoxostingning “aksilrossiya siyosati” sabab bo‘lganini bildirgan. Deputatga ko‘ra, cheklov choralari videoxostingning desktop versiyasigagina taalluqli bo‘ladi, mobil versiyaga daxl qilinmaydi.

Rossiya hududida videoxosting ishidagi ilk uzilishlar haqida ilk bor 11-iyul kuni xabar berilgan edi. O‘shanda “Rostelekom” shirkati “Google shirkatiga tegishli bo‘lgan jihozlar ishida texnik muammolar” mavjudligiga oid xabarnoma yoyinlagan. Buning ortidan “Meduza” nashrining telekommunikatsiya sohasidagi manbasi Rossiyada rasmiylar YouTube ishini cheklashni boshlagan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG