Линклар

 
Vazirlik "Open budjet" uchun majburiy ovoz to‘plashdan qaytardi
Шошилинч хабар
02 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:47

Vazirlik "Open budjet" uchun majburiy ovoz to‘plashdan qaytardi


"Open budjet". Aprel, 2023
"Open budjet". Aprel, 2023

“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida majburiy ovoz to‘plangani aniqlangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi.

“Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan. Agar Siz ovoz to‘plashga majburlash holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi rasmiy xabarnomada.

Fuqarolarni “o‘z ovozini qadrlash”ga da’vat etgan vazirlik Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz yig‘ish fakti tasdiqlangani ortidan loyiha ovoz berish bosqichidan chetlatilayotganini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Farg‘ona viloyati Quva tumanida pedagoglarga noqonuniy talab qo‘yilayotgani haqida ilk bor Ozodlikning “Sizdan Telegram” loyihasi xabar bergandi.

Joriy yil 11-martidan O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda turli soha vakillari, jumladan, o‘qituvchilar ovoz yig‘ishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Avvalroq maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova loyiha doirasida pedagoglardan pul yig‘ish holatlari kuzatilsa, tizim vakillarini bu haqda xabar berishga chaqirgandi.

Қўзи, қўчқор, тандир гўшт ва Ласетти: “Опен бюджет” қандай ўтди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:50 0:00



“Tashabbusli byudjet” loyihasi fuqarolarga infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘z loyihalarini taklif qilish orqali mahalliy byudjetning bir qismi taqsimotida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida yo‘l qo‘yilgani aytiladi.

Ozodlikka joylardan yo‘llanayotgan shikoyatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga qaraganda, “Ochiq byudjet” uchun ovoz berishda majburlov va g‘irromliklar kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG