Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Vazirlik: Yil boshida davlat qarzi qariyb 35 milliard dollarga yetdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda davlat qarzi qoldig‘i 2024-yil 1-yanvar holatiga 34,9 milliard AQSH dollariga yetgan va bu yalpi ichki mahsulotning (YIM) 38,4 foizini tashkil etgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida aytilgan.

Vazirlik qaydicha, qariyb 35 milliard dollarlik qarzning 29,6 milliard dollarini tashqi qarz, 5,3 milliard dollarini esa ichki qarz tashkil etadi.

Hisobotdan kelib chiqilsa, 2023-yilda O‘zbekistonda davlat qarshi 5,7 milliard dollarga oshgan va bu kutilmadan 2,8 milliard dollarga ko‘proqdir.

Vazirlik hisobotida O‘zbekistonning qaysi davlatdan qancha miqdorda qarz olganiga aniqlik kiritilgan emas. Biroq xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida mamlakat eng ko‘p qarzni Jahon banki (6,6 milliard dollar), Osiyo taraqqiyot banki (6,4 milliard dollar), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (2 milliard dollar), Xitoy eksimbanki (1,9 milliard dollar) va Xitoy davlat taraqqiyot bankidan (1,4 milliard dollar) olgani ma’lum.

Kuni kecha Ozodlik O‘zbekiston “Aholining himoyaga muhtoj guruhlari integratsiyasi uchun ijtimoiy himoyaning innovatsion tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankidan 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit olgani haqida xabar qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2024-yil byudjeti qonunida joriy yilda mamlakatning qarz olish limiti 5 milliard dollar darajasida belgilangan edi. Bundan 2,5 milliard dollar byudjet kamomadini yopishga, 2,5 milliard dollari esa investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga sarflanishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG