Линклар

 
WP: AQSH Suriyaga ID tahdidiga oid razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi
Шошилинч хабар
09 апрел 2025, Тошкент вақти: 18:10

WP: AQSH Suriyaga ID tahdidiga oid razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi


AQSH Suriyaning yangi hokimiyati vakillari bo‘lmish “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSH - bu tuzilmaning o‘zi dunyodagi ko‘plab mamlakatlar tomonidan terror tashkiloti deb hisoblanadi - tahr.) guruhi a’zolariga “Islom davlati” terror guruhi tomonidan bo‘lajak tahdidlar to‘g‘risidagi maxfiy razvedka ma’lumotlarini topshirdi. Bu haqda The Washington Post nashri amerikalik mulozimlardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qildi. Vashington IDni ham, HTSHni ham terror tashkiloti deb biladi.

Nashr manbalariga ko‘ra, HTSH vakillari bilan aloqalar o‘tgan yilning dekabr oyida Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi qulatilganidan ikki hafta o‘tib boshlangan. O‘sha paytda “Hay’at Tahrir ash-Shom” boshchiligidagi aksilhukumat guruhlari Damashqni egallab olgan, Asad esa Rossiyaga qochgan edi.

HTSHga ma’lumotlar vositachilarsiz taqdim etilgan, deyilgan The Washington Post maqolasida. Iddaoga ko‘ra, bu ma’lumotlardan biri HTSHga yanvar oyida Damashq yaqinidagi shia qadamjolaridan biriga hujumning oldini olishga yordam bergan.

Razvedka ma’lumotlarini almashish “Islom davlati”ni tiyib turish bo‘yicha mushtarak manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu AQSH tomonidan “Hay’at Tahrir ash-Shom” tan olinganini anglatmaydi. Amerikalik sobiq mulozimlarga ko‘ra, bu holat, agar razvedka manbalarini xatar ostiga qo‘ymaydigan bo‘lsa, xorijiy davlatlar doxil tayyorgarlik ko‘rilayotgan tahdidlar haqida ogohlantirish bo‘yicha AQSH siyosatiga muvofiq keladi.

Markaziy razvedka boshqarmasi bu borada izoh berishdan bosh tortgan, biroq sobiq mulozimlardan biri ma’lumotlar taqdim etilishi o‘rinli bo‘lganini aytib, alohida tahdidlar tug‘ilgan taqdirda bu kabi ma’lumot almashuvlar jumladan Rossiya va Eron bilan ham amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG