Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:57

Xarkovda turarjoy binosiga berilgan zarba oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi


Rossiyalik harbiylar zarbasi oqibatida shikast yetgan "tez yordam" mashinasi
Rossiyalik harbiylar zarbasi oqibatida shikast yetgan "tez yordam" mashinasi

Xarkovda turarjoy binosiga berilgan raketa zarbasi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni uch kishiga, jarohatlanganlar soni esa 23 kishiga yetdi. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasining Xarkov viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari uy ichidan, yana biri snaryad tushgan korxona hududidan topilgan.

Zarba natijasida uy podyezdlaridan birining 4- va 5-qavati butunlay vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida 12 yoshli bola va bir qiz bor, deyilgan xabarnomada.

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov rossiyalik harbiylar qo‘shaloq zarba taktikasidan foydalanishganini ma’lum qilgan: voqea joyiga mediklar va qutqaruvchilar kelganidan keyin u yerni qayta o‘qqa tutishgan. Pirovardida bir tibbiyot xodimi yaralagan, “tez yordam” mashinasiga shikast yetgan.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Xarkovni Belgorod viloyati hududidan turib S-300 va S-400 raketalari bilan nishonga olishgan. Ular tomonidan beshta raketa otilgan bo‘lib, ulardan biri besh qavatli uyga tekkan, qolganlari yon-atrofga tushgan. Zarbalar oqibatida 20 dan ziyod turarjoyga shikast yetgan, xususiy korxona binosi vayron bo‘lgan.

So‘nggi paytlarda Ukrainaning Xarkov shahri va viloyati har kuni rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilmoqda.

XS
SM
MD
LG