Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:29

Xitoyda avtoyo‘l o‘pirilishi ortidan 36 kishi halok bo‘ldi


Xitoy janubidagi avtoyo‘lning o‘pirilgan qismi, 2024-yil 1-mayi
Xitoy janubidagi avtoyo‘lning o‘pirilgan qismi, 2024-yil 1-mayi

Xitoy janubida avtoyo‘l o‘pirilishi tufayli kamida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 nafar odam tan jarohati olgan. Bu haqda Associated Press agentligi mahalliy rasmiylar ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

Avtomobil yo‘li Meychjou shahri yaqinidagi tog‘li hududda tun yarmida sodir bo‘lgan. Yo‘l o‘pirilgan qismi uzunligi 18 metrni tashkil qilgan, hodisa natijasida 23 ta avtomobil jarga qulagan. Rasmiylar avtoyo‘l o‘pirilishiga shiddatli yog‘in-sochin sabab bo‘lganini aytishmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan hududda so‘nggi oyda 56 santimetr yog‘in yoqqan, bu esa o‘tgan yildagidan to‘rt baravarga ko‘pdir. Shiddatli yomg‘irlar hali ham davom etmoqda va bu holat qidiruv xizmatlari ishini qiyinlashtiryapti.

AP qaydicha, Xitoyda yo‘l obyektlari ishdan chiqishini tekshirishda ko‘pincha ularni loyihalashtirish va qurish usullarida kamchiliklar aniqlanadi. Bundan tashqari, transport infratuzilmasi obyektlari ko‘pincha muntazam ravishda tekshirilib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilmaydi.

XS
SM
MD
LG