Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 04:36

XJS Putinni hibsga olishdan bosh tortgan Mo‘g‘ulistonni o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi


Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi binosi
Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi binosi

Xalqaro jinoyat sudi 2024-yil sentyabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishdan bosh tortgan Mo‘g‘ulistonni o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblab chiqdi.

Sud palatasi bayonotida Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmay va uni sudga topshirmay, bu masala bo‘yicha sudning hamkorlikka oid iltimosini bajarmagan, bu esa Rim statuti moddalariga zid keladi hamda XJSga o‘z vazifalari va vakolatlarini amalga oshirishga xalaqit qilgan.

XJS vakillari prezident daxlsizligi doxil kimningdir diplomatik immuniteti xalqaro sud orderi bajarilishi yo‘lida to‘siq bo‘lib hisoblanmasligini urg‘ulashgan.

Mo‘g‘ulistonning sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganining jiddiyligini hisobga olgan holda, palata bu masalani XJSga a’zo davlatlar assambleyasiga ko‘rib chiqish uchun berish shart, deb hisoblaydi”, deyilgan sud bayonotida.

Mo‘g‘ulistonga tashrif Putinni hibsga olish haqida order berilgan 2023-yil martidan buyon Rossiya prezidentining Xalqaro jinoyat sudi Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatga ilk safari bo‘lgan edi.

Mo‘g‘uliston XJSga 2003-yilda a’zo bo‘lgan. 2023-yil dekabrida Erdenebalsuren Damdin XJSda Mo‘g‘ulistondan bo‘lgan ilk sudyaga aylangan. Mo‘g‘uliston prezidenti Xurelsux o‘sha paytda bu “mamlakatning xalqaro maydonda obro‘-e’tibori oshgani hamda xalqaro tashkilotlarning Mo‘g‘ulistonga nisbatan ishonchi mustahkamlangani belgisi” ekanini bildirgandi.

XJSga a’zo mamlakatlar rasman sud orderini bajarib, Putinni qo‘lga olishga majbur. Biroq, Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi yuridik bo‘limi rahbari qaydicha, amalda bu majburiyatlar doim ham ishlamaydi. Bloomberg o‘z manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda yozishicha, Mo‘g‘uliston rasmiylari Putinga uning hibsga olinmasligi haqida so‘z berishgan.

Mo‘g‘uliston hukumati vakili rasmiylarning Putinni hibsga olmaslik qarorini mamlakat qo‘shni mamlakatlarga energetik qaramlik holatida ekani hamda betaraflik siyosatiga amal qilayotgani bilan izohlagan.

XS
SM
MD
LG