Линклар

Шошилинч хабар
17 май 2024, Тошкент вақти: 13:21

Xorijlik investorlar 3 yilga dividend solig‘idan ozod qilinadi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq co‘zlamoqda (president.uz fotosi)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq co‘zlamoqda (president.uz fotosi)

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan ozod etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni III Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida co‘zlagan nutqida qayd etgan.

O‘z nutqida O‘zbekiston prezidenti yaqinda mamlakatda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani, 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ishga tushirilganini ham eslatib o‘tgan.

Mirziyoyev investorlar e’tiborini so‘nggi yetti yil ichida oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshgan, oliy o‘quv yurtlari soni esa 200 tadan ortganiga qaratgan.

“Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o‘rin olgan”, degan O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida.

Avvalroq 2-3-may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida 84 ta davlatdan vakillar ishtirok etishi xabar qilgan. Forumning bugungi majlisida yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov, Turkiya prezidentining yordamchisi Jevdet Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon as-Saud, Singapur parlamenti spikeri Sia Kian Peng, YTTB prezidenti Odil Reno-Basso xonim, OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG