Линклар

Шошилинч хабар
09 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:38

Yangi ta’sis etilgan “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi faollari yana hujumga uchradi


“Ҳақиқат ва Тараққиёт” партияси фаоллари яна ҳужумга учради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:37 0:00

“Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi faollari yana hujumga uchradi

Yangi ta’sis etilgan “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi faollari 31 - mart kuni yana hujumga uchradi.

Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzo yig‘ayotgan faollarga bir ayol va bir erkak hujum qildi. Ular partiya vakillaridan bu yerda yig‘ilmaslik va hududni tark etishni talab qildi.

Partiya yetakchisi, professor Xidirnazar Allaqulov buni o‘zlariga qarshi maxsus uyushtirilgan hujum, deya qoraladi.

Partiyaning shu oy boshida o‘tgan Ta’sis qurultoyi arafasida uning yetakchisi Allaqulovni IIV xodimlari Andijon viloyatiga tergovga olib ketgan edi.

Poytaxtning Yunusobod tumani, 17 mavzesida ijaraga olingan bino oldiga yig‘ilgan faollardan ba’zilari shaxsi noma’lum hujumchilar tomonidan kaltaklandi.

Hujumchilar idora uchun olingan stol-stullarni sindirib tashladi. Ular o‘zlarini shu mahalla yashovchilari, deya taqdim qilgan, ammo shaxsini ochiqlamagan.

Hujumchilardan tashqari, voqea joyiga yig‘ilgan bir necha mast-alast shaxslar ham partiya faollaridan manzilni tark etishni talab qilgan, ularga xalaqit berishga uringan.

30 - mart kuni faollar ayni hududga kelgan bir guruh lo‘lilar hujumiga uchraganliklarini aytishgan. Ular ba’zi faollarning avtomobillariga hujum qilgan.

Ayni paytda “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi tashabbuskorlari partiya ofisiga kirolmayotir. IIV xodimlari idora eshigiga qulf solib, stol-stullarni tashqariga chiqarib tashlagan.

Faollarning aytishlaricha, ichki ishlar xodimlari so‘nggi hodisalarda hujumlarni to‘xtatishga urinmagan, ularni faqat tasvirga olish bilan cheklangan.

“Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi yetakchisi, professor Xidirnazar Allaqulov buni o‘zlariga qarshi maxsus uyushtirilgan hujum, deya qoraladi. Bunga qadar partiyaning 12 - martga rejalangan yig‘ilishi bir guruh noma’lum ayollar va blogerlar tomonidan buzilgandi.

Янги таъсис этилган мухолиф партия йиғилиши "блогер ва аёллар босқини" туфайли бузилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00

Shu oy boshida o‘tgan Ta’sis qurultoyi aarfasida partiya yetakchisi Allaqulovni IIV xodimlari Andijon viloyatiga tergovga olib ketgan edi.

Qarshiliklarga qaramay, 8 - mart kuni “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasi ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda professor Allaqulov partiya raisi etib saylandi.

Partiya shu yil oktabrida kutilayotgan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini aytgan. Ayni paytda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish imzo yig‘ilmoqda.

O‘zbekistonda mavjud saylov qonunchiligiga binoan prezidentlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalardan ilgari suriladi. Mamlakat parlamentidagi mavjud beshta partiyaning hammasi hukumatparast partiyalardir.

O‘zbekistonda qaror topgan siyosiy an’anaga ko‘ra, aynan shu partiyalarning rahbarlari prezident saylovlarida amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevga "raqib" bo‘ladi.

Prezident Mirziyoyev kelayotgan saylovlar bilan bog‘liq rejalarini e’lon qilganicha yo‘q, ammo ko‘pchilik uning ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishi va saylanishiga shubha qilmaydi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda 2019 - yil dekabrida o‘tgan so‘nggi parlament saylovlarida nisbatan erkin matbuot haqiqiy muxolifatning o‘rnini bosolmaganini aytgan.

Mirziyoyevning o‘zi xorijdagi o‘zbek muxolifatining vatanga qaytishiga qarshi ekani, muxolifat mamlakat ichkarisidan chiqishi kerakligini aytgan. Ammo o‘tgan 4 yil davomida bironta ham yangi mustaqil siyosiy partiya ro‘yxatga olinmagan.

XS
SM
MD
LG