Линклар

 
Yangi Toshkent uchun yana 122 gektar yer ajratildi
Шошилинч хабар
02 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:21

Yangi Toshkent uchun yana 122 gektar yer ajratildi


Yangi Toshkent loyihasi.
Yangi Toshkent loyihasi.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan imzolangan qarorga asosan, Yuqori Chirchiq tumani Bordonko‘l va Do‘stlik mahallalari hududidan jami 122,3 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilib, toifasi o‘zgartirilgan hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Yer ajratish uchun O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30 oktyabrdagi qarorlari asos sifatida ko‘rsatilgan.

Янги Тошкент: "Олтин тупроқ" устига қурилаётган тош шаҳар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:31 0:00

2024-yilning oktyabr oyiida ham Yuqori Chirchiq tumanining O‘zbekiston, Guliston va Istiqlol mahallalaridagi 110,4 gektar yer maydoni Yangi Toshkent ixtiyoriga o‘tkazib berilgandi.

Yangi Toshkent poytaxtning janubi-sharqida, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlariga tegishli hududda qurilmoqda. Tumanning birinchi yashash va infratuzilma obyektlarini qurish ishlari 2024-yil aprel oyida boshlangan. Asosiy obyektlar qurilishini 2045-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

O‘zbekistondagi "Yangi" degan ko‘pgina loyihalarning bo‘lgani kabi, Yangi Toshkent loyihasining muallifi ham prezident Shavkat Mirziyoyevdir.

Poytaxtdagi ijroiya hokimiyati organlarini 20 ming gektarni egallaydigan Yangi Toshkent tumani hududiga ko‘chirish rejasi e’lon qilingan.

Ozodlik avval xabar berganidek, Yangi Toshkentda vazirliklar uchun muvaqqat binolarni qurish boshlab yuborilgan.

XS
SM
MD
LG