Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:58

Yekaterinburgdan Toshkentga uchayotgan samolyot parvozi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirildi (FOTO-VIDEO)


Reysdan qolgan yo‘lovchilar yana kamida 2 kun aeroportda qolishadi.
Reysdan qolgan yo‘lovchilar yana kamida 2 kun aeroportda qolishadi.

12 - fevral kuni Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reys qoldirildi. Kolsovo aeroportida qolayotgan 150 dan ziyod yo‘lovchiga O‘zbekistonga boshqa reyslar bilan ketish taklif qilindi.

Aviashirkat rasmiylari reysning qoldirilishi sabablariga oid tushuntirish bergani yo‘q.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati markazi Yekaterinburgning Kolsovo aeroportidan Toshkentga “Ural Airlines” aviashirkatining mahalliy vaqt bilan 12:40da uchishi kerak bo‘lgan 8961-sonli reysi qoldirildi.

Екатеринбург-Тошкент учоғига чиқарилмаган йўловчилар аэропортда қолмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan yo‘lovchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, reys nima sababdan qoldirilgani aytilmagan:

- Bugun 12:40 da uchishimiz kerak edi. Registratsiyadan yigirmatacha odam o‘tgandi, 150 tacha odam yana o‘tishni kutayotgandi. Birdan ular registratsiyani to‘xtatib, “Bu charter reysi yo‘q bo‘ldi. O‘zbekiston qabul qilmayapti”, dedi. Bizning yaqinlarimiz O‘zbekistonga telefon qildi bu reys masalasida. Tashqi ishlar vazirligida ham “biz hech qanaqa reysni bekor qilganimiz yo‘q - aviakompaniya o‘zi bekor qildi”, deyishibdi.

Aeroportda 150 ortiq o‘zbekistonlik qolgan.
Aeroportda 150 ortiq o‘zbekistonlik qolgan.

O‘zbekistonlik yo‘lovchining so‘zlaricha, aviashirkat Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarga boshqa reyslar bilan , jumladan, O‘sh orqali ketish taklif qilingan:

- Biz 23 ming rublga bilet olgandik, bekor qilindi. “Qirg‘izistonning O‘shiga bilet bor”, deb taklif qilishdi. Bizning Kovidga topshirgan testimiz bor edi - chiqib ketmasak u kuyib ketadi. O‘shga 13 mingga bilet bor ekan, shunga almashtirib berdi, biletdagi 10 ming rubl farqni esa qaytarishmadi! Uzoqdan kelgan va aeroportdan ketmoqchi bo‘lmaganlarga “Biletni qaytarmoqchi bo‘lsangiz sizlarga ma’lumotnoma yozib beramiz va biletni olgan joyingizda pulni qaytarishadi”, deyishyapti. Ishonchi yo‘q odamlarni unga!

O‘zbekistonlik muhojir yigit 23 ming rubllik aviachiptani O‘sh reysining 13 ming rubllik chiptasiga almashtirishga majbur bo‘lgani, Andijonga o‘tib, keyin Toshkentga kelishini ma’lum qildi.

Qoldirilgan 8961-reysi yo‘lovchilariga berilgan hujjat.
Qoldirilgan 8961-reysi yo‘lovchilariga berilgan hujjat.

Ozodlik 14 - fevralda Moskvadan Farg‘ona va Samarqandga uchadigan reyslarga olingan biletlar ham almashtirilayotganini aniqladi. Ozodlik bilan suhbatlashgan yana bir muhojirga ko‘ra, “Ural Airlines” bu reyslar orqali kelayotganlarning 72 soatga mo‘ljallangan Kovid ma’lumotnomalari muddatini uzaytirib berishga va’da qilgan.

- Koronavirusga olingan PSR testlarning 72 soatlik muddati o‘tib ketsa, "mana buni ko‘rsatasizlar" deb spravka beryapti. Xuddi shu spravkani pulini qaytarmoqchi bo‘lganlarga ham beryapti, kassada shu bo‘yicha pullarni qaytarib berarkan.

Suhbatdosh vaziyatga aniqlik kiritish istagida bo‘lgan 150 ga yaqin asosan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlaridan iborat yo‘lovchilar Yekaterinburg aeroportida qolayotganini bildirdi.

Ozodlik “Ural Airlines” aviakompaniyasining Yekaterinburgdagi vakolatxonasiga ko‘rsatilgan telefonlari orqali ulana olmadi. Shirkatning bosh ofisida ham Ozodlik so‘roviga reys qoldirilgani sabablarini tushuntirib berisholmadi.

- Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 8961-reysi qoldirildi. Nima sababdan reys qoldirilgani to‘g‘risida bizda ma’lumot yo‘q. Yekaterinburgdagi vakolatxonamizda ham reys qoldirilgani sabablari to‘g‘risida hozircha tushuntirish berishgani yo‘q, dedi shirkat aloqa operatori.

Ozodlikning aeroportdagi manbalaridan biri Yekaterinburg-Toshkent reysiga “Toshkent polosani bo‘shatib berishga rozi bo‘lmagani” to‘g‘risida ma’lumot borligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kolsovo aeroportida qolgan yo‘lovchilarning aksar qismi 14 - fevralda uchadigan ikkita reysda O‘zbekistonga qaytishga rozilik bergan.

Ayni damda, davom etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyaning O‘zbekiston uchun chegaralari yopiqligicha qolmoqda. O‘zbekistondan Rossiyaga va Rossiyadan O‘zbekistonga hozircha faqat charter reyslar amalga oshirilayotgani, Rossiyaga asosan taklifnoma asosida ruxsat berilgan ishchi muhojirlar kiritilayotgani ma’lum.

Bundan oldinroq Rossiya Fan va ta’lim vazirligi mamlakatga kirishga hatto kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan o‘zbek talabalariga ruxsat yo‘qligini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG