Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:18

Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiya joriy qildi


Yevropa Ittifoqi Eronning bir qator kompaniyalari hamda mansabdorlariga nisbatan sanksiya joriy etdi, deb ma’lum qildi YI Kengashi.

Moliyaviy jazo choralari Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda qo‘llash uchun dronlar, raketalar hamda harbiy texnologiyalar yetkazib berilgani sabab tatbiq qilinmoqda.

Bryussel Eronning uch aviakompaniyasi (Saha Airlines, Mahan Air va Iran Air), ikki savdo firmasi va ikki yonilg‘i ishlab chiqaruvchi shirkatiga qarshi cheklovlar joriy etgan.

“Qora ro‘yxat”ga kiritilgan shaxslar orasida Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari Sayyid Hamza Qalandariy doxil Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori martabali mulozimlari, diplomat va aerofazoviy shirkat rahbarlari bor.

Эрон тарихда илк бор Исроилни тўғридан-тўғри ракета ва дронлар билан ўққа тутди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:19 0:00

YI Kengashi bayonotiga ko‘ra, sanksiya joriy etilgan shaxslar Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga raxna solayotgan tashkilot hamda qurolli guruhlarga ham qurol-aslaha, texnologiyalar yetkazib bergan.

Nomi “qora ro‘yxat”ga tirkalgan shirkatlar va shaxslarning YIdagi aktivlari muzlatiladi, hamkorlik aloqalari cheklanadi. Shuningdek, ushbu shaxslarning Yevroittifoq hududiga kirishi man etiladi.

Bryussel joriy yil mart oyida Eronni Rossiyaga qurol-aslaha yoki texnologiyalar yetkazish moliyaviy jazo choralariga sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi.

Tehron Moskvaga qurol yoki texnologiya yetkazib berganini tan olmagan.

XS
SM
MD
LG