Линклар

 
Yevropa Ittifoqi mudofaa salohiyatini oshiradi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:24

Yevropa Ittifoqi mudofaa salohiyatini oshiradi


Yevropa Ittifoqi yetakchilari Bryusseldagi sammitda harbiy xarajatlarni keskin oshirish rejalarini ma’qulladi. Bu qaror AQSH prezidenti ma’muriyati kelajakda Yevropa mudofaa masalalarida o‘z kuchlariga tayanishga to‘g‘ri kelishini anglatganidan so‘ng qabul qilindi.

YI davlatlari harbiy xarajatlarni oshirishga imkon beradigan byudjet cheklovlarini yumshatishni tasdiqladi. Yevrokomissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, shu tariqa 650 milliard yevro mablag‘ ajratilishi mumkin.

Sammit ishtirokchilari shuningdek, Yevrokomissiyaning YI davlatlari uchun 150 milliard yevrolik kredit fondi haqidagi taklifini e’tiborga oldilar. Bu mablag‘ mudofaa sohasiga, jumladan, havo va raketa hujumlaridan himoya tizimlari, artilleriya qurilmalari va o‘q-dorilar, shuningdek, dronlar va ulardan himoya vositalariga sarmoya kiritish uchun yo‘naltirilishi mumkin.

6-martdagi sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etdi.

Hafta boshida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ReArm Europe rejasini taqdim etgan. Hujjatga ko‘ra, YI mudofaa uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi va kelgusida Ukrainaga yordam berishga tayyorligini bildiradi.

XS
SM
MD
LG