Линклар

 
YI Alisher Usmonovning singlisini sanksiya ro‘yxatidan chiqarishi mumkin
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 10:23

YI Alisher Usmonovning singlisini sanksiya ro‘yxatidan chiqarishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 2000 dan ziyod rossiyalikka qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqinlashdi. Dastavval rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov va Mixail Fridman doxil sakkiz kishini sanksiya ro‘yxatidan chiqarilishi talab qilgan Vengriya ulardan uch nafarining “qora ro‘yxat”dan chiqarilishiga erishganidan keyin sanksiyalar muddatining uzaytirilishiga rozi bo‘ldi, deb yozdi Bloomberg agentligi.

Ozodlikning “Sistema” surishtiruv loyihasi YI diplomatik doiralaridagi o‘z manbalaridan olingan ma’lumotga tayangan holda, sanksiya ro‘yxatidan quyidagi shaxslar chiqarilishi mumkinligi haqida xabar qildi:

  • Gulbahor Ismoilova – Alisher Usmonovning singlisi. U xorijiy mamlakatlarda akasiga tegishli mulklarning bir qismiga egalik qilishi taxmin qilinadi. YI sanksiya ro‘yxatiga 2022-yil 8-aprelida kiritilgan.
  • Vyacheslav Moshe Kantor – tadbirkor, Yevropa yahudiy kongressining sobiq rahbari. 2022-yil 8-aprelidan buyon YI sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan bu shaxs “Vladimir Putin bilan tig‘iz aloqalarga ega bo‘lgan rossiyalik oligarx” o‘laroq ta’riflangan.
  • Mixail Degtyarev – Rossiya Federatsiyasi sport vaziri. 2014-yil 25-iyulidan beri YI sanksiyalari ostida – o‘sha paytda Davlat dumasi deputati bo‘lgan Degtyarev “DNR” deb nomlanmish tuzilmani ochiq dastaklab chiqqan hamda Moskvada uning “elchixonasi ochilganini e’lon qilgan.


Bu va boshqa shaxslarga nisbatan YI sanksiyalari Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushiga javoban kiritilgan. Sanksiyalar ro‘yxatidan kimlar chiqarilishiga oid qaror yaqin orada qabul qilinishi kutilmoqda.

“Sistema” loyihasi avvalroq rasmiy Budapesht sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishga uringan kishilarning barchasiga hamda Vengriya Tashqi ishlar vazirligiga so‘rovlar yo‘llagan, biroq ulardan javob olishga muvaffaq bo‘lolmagan.

XS
SM
MD
LG