Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

YI Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bilan Ukrainani dastaklash rejasini ma’qulladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 21-may kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin muzlatilgan Moskva aktivlaridan Kiyevga yordam uchun foydalanish bo‘yicha rejani ma’qullashdi. Bu yil mazkur sxema Ukrainaga uch milliard yevrogacha mablag‘ keltirishi mumkin, mablag‘ning 90 foizini harbiy xarajatlarga sarflash rejalanmoqda, deya ma’lum qildi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy X (sobiq Tvitter) tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali.

Yevrokomissiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan birinchi marta daromadlarni ajratib olish iyul oyida bo‘lishini bildirgan. Mablag‘larni taqsimlash masalasi har yili qayta ko‘rib chiqiladi. Birinchi marta ko‘rib chiqish 2025-yilning 1-yanvariga belgilangan.

Rossiya Markaziy banki muzlatilgan aktivlarining qariyb uchdan ikki qismi Yevropa Ittifoqi hissasiga to‘g‘ri keladi, ularning katta qismi Belgiyaning Euroclear depozitariysi tomonidan boshqariladi.

Aktivlar yiliga taqriban besh milliard yevro daromad keltirishi, Ukraina esa yiliga ikki marta yordam olishi kutilmoqda. O‘tgan yildan beri ularni investitsiya qilishdan tushgan daromad qariyb to‘rt milliard yevroni tashkil qildi, deb yozgan Bloomberg.

Ayni paytda Ukraina bu mablag‘ning 557 million yevrosiga da’vo qilishi mumkin – fevral oyi o‘rtasigacha olingan daromadlarni Belgiya banki xatarlarni boshqarish uchun, shu jumladan Rossiya tomonining da’vo arizalari bilan bog‘liq xarajatlar uchun saqlab qo‘yadi. Rossiyaning YIdagi aktivlaridan foydalanish sxemalariga oid muzokaralar bir necha oy davom etgan: yuridik muammolardan tashqari, mamlakatlar moliyaviy tizim barqarorligi va Rossiya tomonidan bo‘lajak muhtamal javob choralaridan xavotirlanayotgan edi.

Bundan tashqari, YI tarkibiga kiruvchi Avstriya va Malta kabi neytral davlatlar Ukrainaga harbiy yordamda ishtirok etishdan bosh tortib kelishgan – avvalroq shu tufayli Rossiya aktivlaridan olingan daromadlarning bir qismi gumanitar ehtiyojlarga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan.

XS
SM
MD
LG