Линклар

 
YI Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:27

YI Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi


Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen

Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi sulh, AQSHdan harbiy yordam yetkazib berilishi va Kiyevga razvedka ma’lumotlari uzatilishining tiklanishiga oid taklifni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSH va Ukraina delegatsiyalari muzokaralari yakuniga ko‘ra bildirdi.

Bu Ukraina uchun keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik sari tomon tashlangan qadamga aylanishi mumkin bo‘lgan voqealarning pozitiv rivojidir. Endilikda to‘p Rossiya tomoniga o‘tdi”, deb yozgan Yevrokomissiya rahbari X tarmog‘ida.

Ursula fon der Lyayen YI tinchlik muzokaralarida hamkorlari bilan birgalikda o‘z rolini o‘ynashga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron avvalroq 11-mart kuni Yevropa va NATO harbiy rahbariyatini o‘t ochish to‘xtagan taqdirda va “tinchlik muzokaralarini tezlatishni hisobga olgan holda” Ukraina uchun “ishonchli xavfsizlik kafolatlarini belgilash” maqsadida reja ishlab chiqishga chaqirgan edi.

Polsha bosh vaziri Donald Tusk ham Jiddadagi muzokaralarni baholagan. U X tarmog‘ida Yevropa mustahkam tinchlik ustida ish olib borishga tayyorligini yozgan .

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Saudiya Arabistonidagi AQSH-Ukraina muzokaralari ortidan u yerda erishilgan kelishuvni olqishlashi hamda “prezident Tramp va prezident Zelenskiyni ulkan olg‘a siljish bilan tabriklashi”ni bildirgan.

Endi Rossiya otashkesimga rozi bo‘lishi kerak, Buyuk Britaniya kelayotgan shanba kuni keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun liderlarni to‘playdi”, deya qayd etgan Starmer.

AQSH va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar 11-mart kuni Jiddada bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra Kiyev nafaqat osmonda va dengizda, balki butun front chizig‘i bo‘ylab Rossiya bilan 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi ekanini bildirgan — bu taklifni Vashington olg‘a surgan edi. Buning evaziga AQSH razvedka ma’lumotlari taqdim etish doxil Ukrainaga qaytadan harbiy yordam ko‘rsata boshlaydi.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya vakillari bilan uchrashuv juda tez kunlarda bo‘lib o‘tishi kerak.

XS
SM
MD
LG