Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

YIning uch o‘lkasida Falastin mustaqilligini tan olish jarayoni boshlandi


Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches

Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin davlatini tan olish bo‘yicha rasmiy protseduraga o‘tdi.

Bu faqatgina bitta maqsadni - isroilliklar va falastinliklarning tinchlikka erishishiga yordam berishni ko‘zda tutgan tarixiy qarordir”, deya ta’kidladi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 28-may kuni o‘z kabineti yig‘ilishi oldidan qilgan telemurojaatida. Shu kunning o‘zida Madridda Falastinni mustaqil davlat o‘laroq tan olish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolash kutilmoqda.

G‘arbiy Yevropadagi uch davlatning muvofiqlashtirilgan qarori haqida o‘tgan haftada ma’lum bo‘lgan edi. Isroil tanqidiga javob berar ekan, Ispaniya hukumati rahbari o‘z kabinetining qarori yahudiy davlatiga qarshi qaratilmaganini urg‘uladi. Pedro Sanches Isroilni “Madrid hurmat qiladigan, qadrlaydigan va eng yaxshi aloqalarga ega bo‘lishga intilayotgan do‘st davlat” deb atagan.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas X ijtimoiy tarmog‘ida Sanches hukumatini “yahudiylar qatliomi va harbiy jinoyatlarga turtki berish fitnasi ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadi”, deb yozgan.

Falastinlik davlati chegaralari to‘g‘risidagi masalalarni muhokamasi xususida to‘xtalar ekan, Pedro Sanches Ispaniya boshqa mamlakatlarning chegarasini belgilamasligi kerakligini ta’kidladi. Ayni paytda u o‘z nutqida Falastinning ikki hududi — G‘azo sektori bilan G‘arbiy sohil — yo‘lak bilan birlashtirilishi, davlatning poytaxti esa Sharqiy Quddus bo‘lishi kerakligini aytgan.

Ispaniya bosh vaziriga ko‘ra, Falastin davlati eng avvalo yashovchan bo‘lmog‘i lozim. Sanches o‘z hukumati AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan HAMAS guruhiga qarshi ekanini hamda guruh jangarilarining o‘tgan yil 7-oktyabrida Isroil janubiga qilgan hujumini keskin qoralashini qo‘shimcha qilgan. Ispaniya bosh vaziri qaydicha, Falastin mustaqilligini tan olish “ikki davlat muammosini hal qilish uchun yagona yo‘l”dir.

Falastin davlati mustaqilligiga oid masala Isroil bilan bir qatorda falastinlik arablar davlati barpo qilinishi ko‘zda tutilgan “ikki xalq uchun ikki davlat” konsepsiyasi bilan bog‘liq. Bu konsepsiya 1967-yildagi olti kunlik urushdan so‘ng BMT Xavfsizlik kengashining 242-rezolyutsiyasi shaklida rasmiylashtirilgan. Ayni paytda bu masala yuzasidan Isroilda ham, Falastin siyosiy kuchlari orasida ham hech qachon yakdillik bo‘lgan emas: isroillik siyosatchilar mustaqil Falastin davlati Isroilga muntazam hujumlar uchun bazaga aylanishidan xavfsirashadi, falastinlik radikallarning ko‘pi esa yahudiy davlatining mavjudlik huquqini ham tan olishmaydi.

XS
SM
MD
LG