Линклар

 
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga safarini 10-martga qoldirdi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:17

Zelenskiy Saudiya Arabistoniga safarini 10-martga qoldirdi


Vladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq 19-fevralga rejalangan Saudiya Arabistoniga tashrifini kechiktirishga qaror qilgan. Zelenskiyga ko‘ra, endilikda uning bu mamlakatga safari 10-martga qoldirilgan. Tashrif Zelenskiyning joriy haftada sharq mamlakatlariga safari doirasida amalga oshirilishi kerak edi. Bu safar doirasida u avval Birlashgan Arab Amirligi, keyin esa Turkiyada bo‘lgan.

Zelenskiy safar jadvaliga o‘zgartish kiritilgani haqida AQSH va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida Ukraina masalasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan muzokaralar kunida e’lon qilgan. Ukrainada urush boshlanganidan buyon ilk marotaba uchrashayotgan AQSH va Rossiya tomonlari Ar-Riyozda, jumladan Ukrainadagi urush bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishgan. Delegatsiyalarga Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari yetakchilik qilishgan. Ukraina va boshqa mamlakatlar vakillari mazkur uchrashuvga taklif qilingan emas.

Zelenskiyning 18-fevral kuni bildirishicha, Rossiya va AQSH delegatsiyalarining Saudiya Arabistondagi uchrashuviga Ukrainaning chaqirilmagani Kiyev uchun “syurpriz” bo‘lgan. Ukraina lideriga ko‘ra, “hech qanaqa mos kelish” bo‘lmasligi uchun u chorshanbaga rejalangan Ar-Riyozga safarini boshqa kunga ko‘chirgan va endilikda AQSH delegatsiyasini Kiyevda kutmoqda.

Reuters agentligi 18-fevral oqshomida AQSHning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogning Kiyevga yo‘l olishini xabar qilgan. Bunda agentlik Kellogning kun tartibi bilan tanish bo‘lgan manbadan olingan ma’lumotga tayangan.

Zelenskiy urush yakuniga oid muzokaralarni Ukrainasiz yuritish mumkin emasligini takrorlagan. Ukraina prezidentiga ko‘ra, adolatli tinchlik ta’minlanishi uchun AQSH ishtirokidagi Kiyevga xavfsizlik kafolati berishga oid muzokaralarda Ukraina bilan Yevropa ham ishtirok etishlari lozim.

XS
SM
MD
LG