O‘zbek-tojik chegarasidagi ba‘zi o‘tish punktlari yopiladi

O‘zbekiston 1 noyabrdan Tojikiston bilan chegarasidagi ba‘zi o‘tish punktlarini yopishini ma‘lum qildi. “Farg‘ona.ru” agentligining xabar qilishicha, bu haqda O‘zbekiston Tojikiston tomoniga rasmiy nota yuborgan.

Tojikiston chegara xizmatiga tayanib berilgan xabarga ko‘ra, 1 noyabrdan ikki davlat chegarasining Zarafshon vodiysidagi Sarazm, Samarqanda viloyatidagi Jartepa punktlari yopiladigan bo‘ldi. O‘zbekiston tomonidan yuborilgan notada bu punktlardan fuqarolar va yuklarning o‘tkazilishi to‘xtatilishi ma‘lum qilingan.

Zarafshon vodiysida Tojikistonning Panjikent, Ayniy va Tog‘li Mastchoh tumanlari joylashgan.