Toshkent "Qirg‘izgaz" bilan shartnomani hanuz imzolamadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari o‘rtasidagi gaz oldi-sotdisi bo‘yicha muzokaralar natija berganicha yo‘q.

“Qirg‘izgaz” bosh direktori Yevgeniy Orlenkoning qirg‘iz matbuotiga aytishicha, shirkat vakillari shu hafta ichi muzokaralarni davom ettirish uchun yana Toshkentga borishni rejalashtirgan.

Bunga qadar Qirg‘iziston Bosh vaziri Almazbek Atambayev ishtirokida Bishkekda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston bilan 2011 yil uchun kelishuvga erishib bo‘lingani haqida axborot tarqatilgan edi.

“Qirg‘izgaz” rahbarining so‘zlariga qaraganda, hozir gap shu kelishuvni imzolashda qolgan.

Ammo, dekabr oyi boshida ma‘lum qilingan bu kelishuvning hanuz imzolanmagani Toshkent rayi bilan bog‘lanmoqda.