Qirg'izistonda prezidentlikga da'vogarlarning soni 66ga yetdi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Almazbek Atambayev.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Almazbek Atambayev ham mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatildi. Shunday qilib Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga ariza topshirgan prezidentlikga da‘vogarlarning soni 66 ga yetdi.

Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi qatnashchilari 14 avgust kuni Atambayevni prezidentlik sayloviga yagona nomzod sifatida ko‘rsatish taklifini yoqlab ovoz berdilar.

Shu paytgacha Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlikka da‘vogar 66 nomzod ariza topshirgan. Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish 16 avgustga o‘tar kechasi nihoyasiga yetishi aytilmoqda.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 30 oktabrda o‘tkaziladi.