O'zbekistonlik xonanda g'lalaba qozondi

O'zbekistonlik havaskor qo'shiqchi Svetlana Saydiyeva 28 avgust kuni Ukraining Qrim yarim orolidagi so'lim turistik hududlaridan birida o'tgan "Dengiz navolari 2011" xalqaro yosh xonandalar tanlovida g'alaba qozondi.

Tanlovda Saida taxallusi bilan 13-raqam ostida qatnashgan Svetlana taniqli sonanada Uitni Hyustonning (Witney Huston) "Tansoqchi" filmiga yaratgan saundtrekini ijro etdi. Toshkentlik Saida jami bo'lib 37,69 bal to'plab, go'liblikni qo'lga kiritdi.

Tanlov tashkilotchilarining xabar berishicha, birinchi o'rinni egallagan Svetlana Saydiyevaga faxriy yorliq va 8 ming AQSh dollari mukofoti topshirilgan.



Ikkinchi o'rinni 37,5 bal to'plagan belaruslik Sasha Nemo, uchunchi o'rinni esa rossiyalik Aleksandr Yelovskix egalladi. Ularga ham 5 ming va 3 ming AQSh dollariga teng mukofotlar berilgan.